Loyiha haqida

Barcha loyihalar

Toshkent shahridagi mavjud IES-4 bazasida 100 MVt gaz porshenli elektr stansiyasi va issiqlik almashtirgich (kogeneratsiya) qurilishi

2026
image
+7

Buyurtmachi: China National Energy Engineering & Construction Co., Ltd. (CNEE)

2026-yilda "OʻZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Toshkent shahridagi mavjud IES-4 hududida 100 MVt quvvatga ega gaz porshenli elektr stansiyasi va issiqlik almashtirgichni qurish hamda kogeneratsiya texnologiyasini joriy etish loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha elektr va issiqlik energiyasini bir vaqtda ishlab chiqarishga asoslangan zamonaviy kogeneratsiya texnologiyasini amaliyotga tatbiq etish orqali yoqilgʻidan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy gaz sarfini kamaytirish, energiya ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish hamda Toshkent shahri isteʼmolchilarini ishonchli elektr va issiqlik energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Loyihaning amalga oshirilishi mamlakat energetika tizimining samaradorligi va ekologik barqarorligini yanada oshirishga hissa qoʻshadi.