UMUMIY MA’LUMOT

Jamiyat haqida umumiy ma'lumot

1956-yil 1-yanvarda SSSR Vazirlar Kengashining 1955-yil 24-avgustdagi 1558-sonli “Loyihalash tashkilotlari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zgiprovodxoz” instituti elektrlashtirish bo‘limi negizida SSSR Shahar va qishloq qurilishi vazirligi tarkibida “Giproselenergo” institutining O‘zbekiston filiali tashkil etildi.

SSSR Vazirlar Kengashining 1964-yil 31-yanvardagi 178-r-sonli qaroriga asosan institut Butunittifoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti “Selelektro” tarkibiga o‘tkazildi. SSSR Energetika vazirligining buyrug‘iga muvofiq institut tarkibida kompleks loyihalash bo‘limlari shaklida quyidagi filiallar tashkil etildi: Turkmaniston OKP (Ashxobod shahri), Qirg‘iziston OKP (Frunze shahri) va Tojikiston OKP (Dushanbe shahri). Ushbu filiallar negizida 1989–1991-yillarda Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalarida mustaqil respublika institutlari tashkil etildi.

1969-yil 17-sentabrdan boshlab SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1969-yil 25-avgustdagi 111a-sonli buyrug‘iga asosan institut “Selenergoproekt” Butunittifoq davlat loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot institutining O‘rta Osiyo bo‘limi deb qayta nomlandi.

Toshkent shahri Hamza tumani Xalq deputatlari Kengashi ijroiya qo‘mitasining 1991-yil 3-oktabrdagi 532/24-14-son qaroriga muvofiq “Selenergoproekt” institutining O‘rta Osiyo bo‘limi “Sredazselenergoproekt” O‘rta Osiyo ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va konstruktorlik-texnologik instituti ijara korxonasi deb qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-oktabrdagi 471-son qaroriga muvofiq, ilgari SSSR Energetika vazirligiga bo‘ysungan “Sredazselenergoproekt” instituti 1992-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga kiritildi.

Toshkent shahri Hamza tumani hokimligining 1998-yil 28-sentabrdagi 1117-son qaroriga muvofiq institut “O‘zselenergoloyiha” loyiha-qidiruv instituti ijara korxonasi deb qayta nomlandi.

2002-yil 12-sentabrdan boshlab Davlat mulki qo‘mitasining 2002-yil 13-iyundagi 153k-PO-son buyrug‘iga muvofiq loyiha-qidiruv instituti “Qishloqenergoloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga (OAJ “SELENERGOPROEKT”) aylantirildi.

2014-yil 16-iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri talablariga muvofiq OAJ “Qishloqenergoloyiha” AJ “Qishloqenergoloyiha” deb qayta nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli “O‘zbekiston Respublikasi elektroenergetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qarori hamda aksiyadorlarning 2019-yil 24-maydagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 4-son bayonnomasiga asosan AJ “Qishloqenergoloyiha” negizida zamonaviy ko‘p tarmoqli tashkilot — AJ “O`ZENERGOINJINIRING” tashkil etildi.
1956
SSR Vazirlar Kengashining 1955-yil 24-avgustdagi 1558-son qaroriga muvofiq, “O‘zgiprovodxoz” instituti elektrlashtirish bo‘limi negizida “Giproselelektro” institutining O‘zbekiston filiali tashkil etildi.
1956
1964
Institut SSSRning “Selelektro” ilmiy-tadqiqot va loyiha institutiga o‘tkazildi hamda Ashxobod, Frunze va Dushanbeda filiallari tashkil etildi.
1964
1969
Institut “Sredneaziatskoe otdelenie instituta Selenergoproekt” deb qayta nomlandi.
1969
1991
Institut “Sredazselenergoproekt” ijara korxonasi sifatida qayta tashkil etildi.
1991
1992
Institut O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga kiritildi.
1992
1998
Institut “O‘zselenergoloyiha” loyiha-qidiruv instituti deb qayta nomlandi.
1998
2002
Institut “Qishloqenergoloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
2002
2014
Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga muvofiq OAJ “Qishloqenergoloyiha” AJ “Qishloqenergoloyiha” deb qayta nomlandi.
2014
2019
Prezidentning PQ-4249-son qaroriga asosan AJ “Qishloqenergoloyiha” negizida AJ “O‘zenergoinjiniring” tashkil etildi.
2019
2024
2024-yildan boshlab O‘zbekistonning yirik sanoat xoldingi hisoblangan UET Group tarkibiga kiradi.
2024