Bosh direktor Jamiyatning kundalik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning barqaror va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi. U Jamiyatning shartnoma majburiyatlarini bajarish, tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida samarali hamkorlikni tashkil etish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, moliyaviy natijadorlikni oshirish hamda dividendlar to‘lanishini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi.
Shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini qisqartirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini tashkil etish, buxgalteriya hisobi va hisobotlarining qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishi hamda o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi.
Bosh direktor Jamiyatning xizmat va tijorat sirlarini himoya qilish, kadrlar siyosatini yuritish, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, mehnat intizomini ta’minlash, malakali mutaxassislarni jalb etish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
U xarajatlar smetasi va shtat jadvalini tasdiqlaydi, mehnat muhofazasi va ijtimoiy kafolatlar talablariga rioya etilishini ta’minlaydi, jamoa shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida majburiyatlarni bajaradi hamda Jamiyat manfaatlarini davlat organlari, tashkilotlar va hamkorlar oldida ifodalaydi.
Bundan tashqari, sifat menejmenti tizimi samaradorligini baholash, strategik maqsadlarni belgilash, vakolatli organlar topshiriqlari va normativ hujjatlar ijrosini nazorat qilish, shuningdek Jamiyat Ilmiy-texnik kengashi faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh direktorning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.