Barcha loyihalar
Fargʻona viloyatida 150 MVt/300 MVt·soat quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimini (BESS) qurish
2025
Buyurtmachi: Central Southern China Electric Power Design Institute Co., Ltd. (China Power Engineering Consulting Group tarkibidagi loyiha instituti)
2025-yilda "OʻZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Fargʻona viloyatida 150 MVt quvvat va 300 MVt·soat sigʻimga ega elektr energiyasini saqlash tizimi (Battery Energy Storage System – BESS) qurilishi loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha elektr energetikasi tizimining barqarorligi va moslashuvchanligini oshirish, elektr yuklamalarini muvozanatlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali integratsiya qilish hamda avariya holatlarida elektr ta'minoti ishonchliligini ta'minlashga qaratilgan. Zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini joriy etish orqali Oʻzbekiston energetika tizimining raqamli va "yashil" transformatsiyasiga hissa qoʻshadi.