Barcha loyihalar
Sazagan Solar 1 va Sazagan Solar 2 loyihalari doirasida Samarqand viloyatida 500 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi, 334 MVt energiya saqlash tizimi va podstansiya qurilishi
2025
+16
Buyurtmachi: "MAXSUSELEKTRTARMOQQURILISH" AJ
2025-yilda "OʻZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Samarqand viloyati Nurobod tumanida Sazagan Solar 1 va Sazagan Solar 2 investitsiya loyihalari doirasida 500 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi, 334 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi (BESS) hamda uning faoliyatini ta'minlovchi podstansiyani qurish loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, elektr energiyasini saqlash texnologiyalarini joriy etish, energetika tizimining barqarorligini oshirish hamda Oʻzbekistonning "yashil energetika"ni rivojlantirish bo‘yicha strategik maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.