Loyiha haqida

Barcha loyihalar

Andijon viloyatida "Lochin" 150 MVt / 300 MVt·soat quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimini (BESS) qurish

2025
image
+19

Buyurtmachi: Central Southern China Electric Power Design Institute Co., Ltd. (China Power Engineering Consulting Group tarkibidagi loyiha instituti)

2025-yilda "OʻZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Andijon viloyatida "Lochin" 150 MVt quvvat va 300 MVt·soat sigʻimga ega elektr energiyasini saqlash tizimi (Battery Energy Storage System – BESS) qurilishi loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha elektr energetikasi tizimining barqarorligi va ishonchliligini oshirish, elektr yuklamalarini muvozanatlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini samarali integratsiya qilish hamda energiya tizimining moslashuvchanligini taʼminlashga qaratilgan. Zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini joriy etish orqali mamlakat energetika infratuzilmasining raqamli va "yashil" rivojlanishiga xizmat qiladi.