Loyiha haqida

Barcha loyihalar

Boysun gazni qayta ishlash zavodining o‘z elektr stansiyasi uchun elektr energiyasini uzatish sxemasini ishlab chiqish

2024
image

Buyurtmachi: XII MChJ "UZLITI Engineering"

2024-yilda "OʻZENERGOINJINIRING" AJ tomonidan Boysun gazni qayta ishlash zavodining o‘z elektr stansiyasi uchun elektr energiyasini uzatish sxemasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida elektr stansiyasining O‘zbekiston yagona energetika tizimi bilan integratsiyasi, elektr energiyasini uzatishning optimal texnik yechimlari, podstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlariga ulanish sxemalari ishlab chiqildi. Ushbu yechimlar zavodning ishonchli va uzluksiz elektr ta’minotini hamda energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.